15/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 18 277,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,3 % ni tashkil etib, tarmoqda ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilganini ko‘rsatmoqda.

 2026-yil 1-may holatiga viloyatda 6 305 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (1 048 ta), kiyim ishlab chiqarish (773 ta) hamda mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish (547 ta) sohalariga to‘g‘ri keladi.