Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 1 061,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga oshgan bo‘lib, sohada barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Internet, mobil aloqa, raqamli xizmatlar va zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan talabning ortib borishi xizmatlar hajmining kengayishiga xizmat qilmoqda.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish hamda elektron xizmatlar ko‘lamining kengayishi natijasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yanada yaxshilanmoqda.




