Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi 241 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bu jami xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 36,8 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan davlatlar orasida:
Rossiya Federatsiyasi – 17,6 %
Turkiya – 11,3 %
Janubiy Koreya – 4,7 %
ushbu mamlakatlar ham salmoqli ulushga ega bo‘lib, viloyatda tadbirkorlik va investitsiya faoliyatining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.




