22/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida tumanda 1 826 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu tadbirkorlik muhiti va iqtisodiy faollikning oshib borayotganidan dalolat beradi.

Hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 277,5 milliard so‘mni, fizik hajm indeksi esa 112,6 foizni tashkil etdi.

Yanvar–may oylarida 586,9 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 118,8 foizga yetdi.

Savdo sohasida chakana savdo aylanmasi 108,5 foizni, ulgurji savdo aylanmasi esa 124,2 foizni tashkil etdi.

Qurilish tashkilotlari tomonidan 147,7 milliard so‘mlik ishlar bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,5 foizni qayd etdi.