22/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026- yilning 1- iyun holatiga Uchko‘prik tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 975 tani tashkil etib, bu hududda tadbirkorlik muhiti tobora rivojlanayotir.

Sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 trln 222,0 milliard so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkichning fizik hajm indeksi 112,3 foizni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish ta’minlanmoqda.

Tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 890,7 milliard so‘mga yetgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 117,3 foizni tashkil etdi.

Savdo sohasida ham sezilarli o‘sish kuzatilib, chakana savdo aylanmasi 128,5 foizga, ulgurji savdo aylanmasi esa 153,1 foizga o‘sgan. Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar hajmi 146,3 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,7 foizga oshdi.