Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qo‘shtepa tumanida asosiy kapitalga 1 161,2 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 72,4 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
aholi mablag‘lari — 12,7 %
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 11,5 %.
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,9 %
respublika budjeti mablag‘lari — 1,5 %




