Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarish hajmi - sohada o‘z iste’moli va sotish uchun yaratilgan mahsulot va xizmatlarning umumiy qiymati. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarishi, ovchilik xo‘jaligida, o‘rmonchilik va yog‘och tayyorlash, baliq ovlash va akvakultura sohasida yetishtirilgan mahsulot (xizmat)lar qiymati asosida shakllantiriladi.




