Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Quvasoy shahrida asosiy kapitalga 1 723,1 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 93,9 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,9 %
aholi mablag‘lari — 2,5 %
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,7 %.




