Aniq statistika — ta’lim tizimini to‘g‘ri baholash va samarali rejalashtirishning muhim asosi.

26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Bag‘dod tumanidagi umumta’lim muassasalari mas’ullari uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini yuritish va topshirish tartibiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida hisobot shaklini to‘g‘ri to‘ldirish, ma’lumotlarni jamlash, ko‘rsatkichlarni aniq aks ettirish hamda uchrashi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, statistik ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi va haqqoniyligi muhimligi ta’kidlanib, hisobotlarni shakllantirishda xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.



