Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlarining mehnati munosib taqdirlandi.

Tantanali tadbir doirasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari F.Yakubov va Sh. Zokirov, shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Ahadjonov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Bu e’tirof — sohada sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlarning fidoyiligi, mas’uliyati va statistika tizimi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan yuksak bahodir.




