Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda tashish va saqlash sohasida 1 574 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
1 568 tasi — tadbirkorlik subyektlari;
1 560 tasi — kichik biznes subyektlari.
Raqamlar e’tiborga molik: sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy qismini tadbirkorlik subyektlari tashkil etmoqda. Ularning katta qismi esa kichik biznes vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.
1 574 ta korxona — bu Farg‘ona hududida yuk va yo‘lovchi tashish, logistika hamda saqlash xizmatlariga bo‘lgan talabni ta’minlayotgan muhim iqtisodiy salohiyatdir.
Tashish rivojlansa — savdo, ishlab chiqarish va xizmatlar harakati yanada jadallashadi!




