29/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- oktabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 41 516 tani tashkil etdi.

 Ularning 35,7 mingtasi yoki 85,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa viloyat iqtisodiyotida kichik biznes subyektlari muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.

 Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng katta ulushi quyidagi hududlarga to‘g‘ri keldi:

 Farg‘ona shahri — 19,1 %;

 Qo‘qon shahri — 10,7 %;

 Marg‘ilon shahri — 7,6 %;

 Oltiariq tumani — 6,4 %.

 Shuningdek, kichik biznes subyektlarining jami korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi Marg‘ilon, Qo‘qon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlarida yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etmoqda.