Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 36,9 ming tonna uzum eksport qilindi.
Eksport qilingan uzumning umumiy qiymati 29,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda uzum eksporti hajmi 2025- yilning mos davriga nisbatan 1,5 ming tonnaga kamaydi.
Farg‘ona uzumlari xalqaro bozorlarda! Viloyatda yetishtirilayotgan uzum mahsulotlari tashqi savdoda muhim o‘rin egallab, hududning eksport salohiyatini namoyon etmoqda.




