23/10/2026

“Новая Фергана” gazetasining navbatdagi 42-sonida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Zokirovning “ Перепись бизнеса: важный этап формирования объективной картины экономики ” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoniga muvofiq, 2026- yilning 15- oktabridan 30- noyabriga qadar mamlakatimizda o‘tkazilayotgan biznesni ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi, vazifalari va ahamiyati keng yoritilgan.

 Shuningdek, biznesni ro‘yxatga olish tartibi, iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlarni qamrab olish hamda ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirishning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’kidlanganidek, ro‘yxatga olish natijalari hududlarning iqtisodiy salohiyatini xolis baholash, tadbirkorlar ehtiyojlarini aniqlash, biznesni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan samarali qarorlar qabul qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.