Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda viloyat jahonning 80 ta mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Tashqi savdo aylanmasida quyidagi davlatlar yetakchilik qilmoqda:
Xitoy Xalq Respublikasi — 707,5 mln AQSH dollari, 2025-yilga nisbatan 26,0 % ga oshgan;
Rossiya — 698,7 mln AQSH dollari, 18,6 % ga oshgan;
Qozog‘iston — 251,7 mln AQSH dollari, 40,5 % ga oshgan;
Qirg‘iz Respublikasi — 95,0 mln AQSH dollari, 6,7 % ga oshgan;
Turkiya — 86,9 mln AQSH dollari, 1,9 % ga oshgan.
Shuningdek, Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi 72,4 mln, Belarus bilan 38,8 mln, Turkmaniston bilan 38,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat tashqi savdo aylanmasining 73,3 foizi Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




