Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2 262,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 413,8 mln AQSH dollariga yoki 22,4 foizga oshdi.
Tashqi savdoning asosiy ko‘rsatkichlari:
Eksport hajmi — 820,9 mln AQSH dollari;
Import hajmi — 1 441,4 mln AQSH dollari;
Tashqi savdo aylanmasi — 2 262,3 mln AQSH dollari;
Tashqi savdo saldosi — minus 620,5 mln AQSH dollari.
Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida viloyat tashqi savdo aylanmasining o‘sishida eksport va import operatsiyalari hajmining ortishi muhim o‘rin tutdi.
Tashqi savdo aylanmasining 36,3 foizi eksport, 63,7 foizi esa import hissasiga to‘g‘ri keldi.
29/10/2026



