Joriy yilning 7- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minov, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonova hamda Farg‘ona shahar dehqon bozori boshlig‘i T.Nurdinovlar «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.