Joriy yilning 12-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatovga berdi va kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PQ-371-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Xususan, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilanganligi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini1,3 baravarga qisqartirilganligi, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish, 2026-yil 1-apreldan davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi shu va boshqa ma’lumotlaar haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilanganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish, terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olishning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish, paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning takomillashtirilgan tartibi joriy etilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sog‘lom sport guruhlarida ham shug‘ullanishi hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishiga sharoit yaratilishi, haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanganligi, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, 2027-yil 1-yanvargacha “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushirilishi, aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish, axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki to‘xtalish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilishini tashkil etish yuzasidan ham ma’ruza tinglandi.

Axborot xizmati.



