Joriy yilning 21-sentabr kuni, Uchko‘prik tumaniga qarashli davlat soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O‘. Karimov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berdi.
Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi mutaxassisi.