Barcha joylardagi kabi joriy yilning 23 –sentabr kuni Rishton tumanidagi tibbiyot kollej talabalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Rishton tumani statistika bo‘limi.