23/09/2021

         Joriy yilning 23-sentabr kuni 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun "O‘zbekiston Respublikasida  2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida seminar tashkil etildi.

photo2021-09-2317-55-54
photo2021-09-2317-55-51
photo2021-09-2317-55-56
photo2021-09-2317-55-54 photo2021-09-2317-55-51 photo2021-09-2317-55-56

         Seminar davomida Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olishi, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanishi va u kelgusi 10 — 30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini berishi haqida axborot berdi. 

 

Oltiariq tumani statistika bo‘limi.