23/09/2021

Joriy yilning 23-sentabr kuni barcha joylardagi kabi Furqat  tumaniga qarashli “G‘allakor” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-09-2318-12-30
photo2021-09-2318-12-32
photo2021-09-2318-12-30 photo2021-09-2318-12-32

Seminarda tuman statistika bo‘limining bosh mutaxassisi N.Qurbonov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynashi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati