2021-yilning 23-sentabr kuni, Furqat tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanga qarashli 45- maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berilishi to‘g‘risida tushunchalar berib utildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli mutasaddi xodimlar tomonidan javoblar berildi. O‘quv seminar qiziqarli savol javoblarga boy tarizda o‘tdi.
Furqat tumani statistika bo‘limi.