27/09/2021

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni sfatli o‘tkazish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan joriy yilning 24- sentabr kuni Qo‘qon shahridagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son qarori  ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

photo2021-09-2716-18-39
photo2021-09-2716-18-42
photo2021-09-2716-18-39 photo2021-09-2716-18-42

Tadbirda shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh Yusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olish nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi