2021- yilning 24- sentabr kuni Bag‘dod tumaniga qarashli 2-sonli umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qarorining ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi K.Imomov tomonidan qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" gi Nizomi, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori yuzasidan axborot berildi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.