Joriy yilning 24-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaror bilan tanishtirish maqsadida Quvasoy shahridagi 21 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ota-onalari ishtirokida tuman statistika bo‘limi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida tuman statistika bo‘limi xodimlari ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning o‘zida amalga oshirilishi, shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldirilishi, aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish aholini ro‘yxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi haqida axborot berildi.
Quvasoy shahar statistika bo‘limi.