Joriy 24-sentabr kuni, Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshchiligida “Shoroqyer” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishnirokida aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarida sxematik reja va xaritalarni tayyorlash, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan hujjatlarni yuritilish holati hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari tuman statistika xodimlariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.