2021- yilning 24- sentabr kuni, Qo‘qon shahridagi silga qarsho kurashish dispanseri xodimlari ishtirokida “Aholini roʻyxatga olish” boʻyicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Yusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.