29/09/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston  tumaniga qarashli “Islom” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-09-2907-59-51
photo2021-09-2907-59-48
photo2021-09-2907-59-51 photo2021-09-2907-59-48

Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev ishtirok etib, ishtirokchilarga  shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshirili, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi, respondentlar so‘rovi davlat tilida o‘tkazilishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

 

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.