Joriy yilning 27- sentabr kuni Qo‘qon shahridagi 6-son “Tugunboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov ishtirok etib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berib o‘tdi.
Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.