Joriy yilning 27-sentabr kuni Quvasoy shahridagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Quvasoy shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash haqida axborot berib o‘tildi.
Quvasoy shahar statistika bo‘limi.