29/09/2021

Joriy yilning 27-sentabr kuni Qo‘qon shahridagi qarashli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-09-2908-00-24
photo2021-09-2908-00-27
photo2021-09-2908-00-24 photo2021-09-2908-00-27

Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Yusupov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam berishi, shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblash, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.