Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyatimizning barcha hududlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan joriy yilning 28- sentabr kuni Quva tumanidagi 62 – ixtisoslashgan davlat internat maktabi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov tomonidan qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Quva tumani statistika bo‘limi.