30/09/2021

Joriy yilning 29-sentabr kuni, Toshloq tumaniga qarashli Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-09-2918-48-24
photo2021-09-2918-48-29

Seminarda, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi M.Axrorov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib, aholini royxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.