Joriy yilning 29-sentabr kuni Farg‘ona shahridagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berildi.
Farg‘ona shahar statistika bo‘limi.