30/09/2021

Joriy yilning 29-sentabr kuni Qo‘shtepa tumaniga qarashli 21- umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-10-0114-16-44
photo2021-10-0114-16-41
photo2021-10-0114-16-47

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirok etdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida to‘htalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

              

Axborot xizmati.