Joriy yilning 30-sentabr kuni barcha joylardagi kabi So‘x tumaniga qarashli “Saribozorcha”mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limining mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha katta yordam berishi haqida axborot berildi.
So‘x tumani statistika bo‘limi.