04/10/2021

Joriy yilning 30- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Toshloq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

photo2021-10-0507-55-39
photo2021-10-0507-55-42

Tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Axrorov tomonidan  seminar qatnashchilariga qarorning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berildi va aholini ro‘yxatga olishda  ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blankalar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoniga taalluqli hujjatlar majmui tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga jalb etilgan, maxsus o‘quvdan o‘tgan voyaga yetgan fuqarolari qatnashishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.