04/10/2021

        O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi  tomonidan joriy yilning 30- sentabr kuni tumanga qarashli “Blut texstil” korxonasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan  seminar tashkil etildi.

photo2021-10-0507-56-10
photo2021-10-0507-56-18
photo2021-10-0507-56-08
photo2021-10-0507-56-10 photo2021-10-0507-56-18 photo2021-10-0507-56-08

        Seminarda O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Seminar so‘ngida  muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston tumani statistika boshqarmasi