Joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Yusupjonov ishtirokida “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan mahallaning kartografik chizma materiallarini o‘rganish ishlari olib borildi. Yashovchilar soni ko‘rsatilgan holda xonadon va uylar ro‘yxati shakllantirildi. Ko‘chalarning to‘liq nomlangani, mavjud uy va xonadonlarning to‘liq raqamlanganligi o‘rganildi.
Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirildi.
Furqat tumani statistika bo‘limi.