05/10/2021

Joriy yilning 4-oktabr kuni, Quva  tumani “Uzagrosug‘urta” xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, tuman statistika bo‘limi  bosh mutaxassisi V.Mirzayev qatnashdi.

 

photo2021-10-0609-14-10

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu tadbirning maqsadi - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqishda manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumot berdi .

 Quva tumani statistika bo‘limi.