05/10/2021

Joriy yilning 4-oktabr kuni Toshloq tumani Davlat  soliq inspektsiyasi xodimlari  ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Axrorov ishtirok etdi.

 

photo2021-10-0609-14-17
photo2021-10-0609-14-20
photo2021-10-0609-14-17 photo2021-10-0609-14-20

U o‘z so‘zida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarorining  mazmun va mohiyati haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, manzilli dasturlarini ishlab chiqib va uni hayotga tatbiq etishda, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida aytib o‘tdi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.