05/10/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 4-oktabr kuni Qo‘qon shahriga qarashli  “G‘oziyog‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

photo2021-10-0609-26-34
photo2021-10-0609-26-37
photo2021-10-0609-26-34 photo2021-10-0609-26-37

Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i D.Mamasadikov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Jumladan  respondentlarning huquq va majburiyatlari haqida to‘xtalar ekan u xususan, respondentlar o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilishi, o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirishi, ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermasligi, ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega ekankigi, respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasliklari haqida batafsil ma’lumotlarni berib o‘tildi.

 

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.