Joriy yilning 5-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Qo‘qon pedagogika instituti talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Yusupov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni berdi.
Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.