05/10/2021

Joriy yilning 5-oktabr kuni Qo‘qon shahridagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagok-xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorning mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminrani Qo‘qon shahar statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov ochib, ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, bu jarayon 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtaldi. U xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuntirib berdi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.