Joriy yilning 5-oktabr kuni Beshariq tumani hokimligining iqtisodiyot bo‘limi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati hamda bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berib o‘tildi.
Beshariq tuman statistika bo‘limi.