06/10/2021

Joriy yilning 6-oktabr kuni Quva tumaniga qarashli avtomaktab tinglovchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida  ma’lumot berdi.

 

Quva tumani statistika bo‘limi.

.