06/10/2021

Joriy yilning 5-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Qo‘qon shahridagi So‘x oqtepa” irrigatsiya boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-10-0711-00-20

Seminarda tuman statistika bo‘limining mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoni mustaqil mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, aholini ro‘yxatga olish jarayoni aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalari asosida muddatli dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.