Joriy yilning 6-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Bag‘dod tumani 88-yordamchi maktab internati xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi K.Imomov ishtirok etib, qarorning mazmun va mohiyati bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, u xususan aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar jamiyatimizning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.