Joriy yilning 6-oktabr kuni, O‘zbekiston tumaniga qarashli irrigatsiya bo‘limi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O. Abdullayev qatnashdi.
U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, bu tadbirni o‘tkazishdan maqsadi-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.